🏛Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida kiberxavfsizlik bo‘yicha xodimlarning huquqiy va raqamli savodxonligini oshirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
💻 Tadbirda Yakkasaroy tumani IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi katta inspektori Atham Mamayusupov hamda katta leytenant Tо‘raqulov Azizbek ishtirok etib, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, kiberfiribgarliklarning oldini olish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda turli kiberxavflardan ehtiyot bo‘lish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdilar.
📱Suhbat davomida bugungi kunda keng tarqalayotgan kiberfiribgarlik usullari, shubhali havolalar va xabarlar orqali ma’lumotlarni qo‘lga kiritish holatlari haqida tushunchalar berilib, bunday vaziyatlarda qanday choralar ko‘rish kerakligi yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi.
✅ Tadbir yakunida ishtirokchilarga kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilish, hushyor va ogoh bo‘lish, shaxsiy ma’lumotlarni begona shaxslarga bermaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi.
(Без текста)





