🏛 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab, “Tafakkur o‘chog‘i” klubi a’zolari ishtirokida Is’hoqxon To‘ra Ibratning “Millatni kim isloh etar” kitobi asosida davra suhbati tashkil etildi.
📖 Suhbat davomida millat ma’rifati, ilm-fan taraqqiyoti, xalqni jaholatdan chiqarish va yosh avlodni bilimli, tafakkurli etib tarbiyalash kabi muhim masalalar muhokama qilindi. Is’hoqxon To‘ra Ibratning ma’rifatparvarlik g‘oyalari, millat ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari va tarixiy merosining bugungi kundagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
🕯 Tadbirda qatag‘on qurbonlari xotirasini yod etish, ularning hayoti va faoliyatini o‘rganish, tarixiy xotirani asrab-avaylash hamda ajdodlar merosini kelajak avlodga yetkazish muhimligi ta’kidlandi.
✨ Zero, tarixni anglash — bugunni qadrlash, kelajakni esa teran tafakkur bilan bunyod etish demakdir!
(Без текста)




