30-iyun — Yoshlar kuni muborak!

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 30-iyun kuni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan sana mamlakatimizda Yoshlar kuni sifatida nishonlanishi taklifi ilgari surilgan edi. Shundan buyon ushbu sana yurtimizda yoshlarning bilim olishi, o‘z salohiyatini namoyon etishi va jamiyat hayotidagi faol ishtirokini e’tirof etuvchi muhim bayram sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
⭐️ Yakkasaroy tuman Axborot-kutubxona markazi jamoasi bugungi bayram munosabati bilan yurtimizdagi barcha yoshlarni samimiy muborakbod etadi.
Yoshlarimizga mustahkam sog‘lik, yuksak marralar, ilm-fan va ijod yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar hamda ezgu maqsadlari sari dadil qadamlar tilaymiz.
📚 Kitobga oshno, bilimga chanqoq va Vatan ravnaqi uchun fidoyilik bilan xizmat qiladigan yoshlarimiz safi yanada kengaysin!
Yakkasaroy tuman Axborot-kutubxona markazi jamoasi

Прокрутить вверх