90 yillik tarix – bir kitobda

✨ Yakkasaroy tumaniga 90 yil to‘lishi munosabati bilan maxsus tarixiy-hujjatli kitob nashr etildi.

🗣 Har bir hududning tarixi – uning kechagi kuni, buguni va kelajagini bog‘lab turuvchi bebaho ma’naviy merosdir. Yakkasaroy tumanining 90 yillik tarixi ham avlodlar xotirasi, boy madaniy meros va bugungi taraqqiyot bilan uyg‘unlashgan betakror solnoma hisoblanadi.

🗣 Mazkur kitobda tumanning shakllanish tarixi, ma’muriy-hududiy rivojlanish bosqichlari, mahallalari, aholi turmushi va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida qimmatli ma’lumotlar jamlangan.

🗣 Shuningdek, mustaqillik yillarida, ayniqsa, Yangi O‘zbekiston davrida Yakkasaroyda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, sport, tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi muhim natijalar o‘z ifodasini topgan.

🗣 Kitobning yana bir muhim jihati – Yakkasaroy zaminida yashab, ijod qilgan va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan taniqli insonlar haqidagi ma’lumotlardir. Davlat arboblari, olimlar, ijodkorlar, san’atkorlar, sportchilar va jamoat faollarining hayot yo‘li orqali tumanning boy inson kapitali ham namoyon etilgan.

👉 90 yillik tarix – bu shunchaki sana emas. Bu avlodlar mehnati, xotirasi, orzu-umidlari va bunyodkorlik ruhining yaxlit solnomasidir.

👏 Ushbu kitob Yakkasaroyning kechagi tarixi, bugungi qiyofasi va ertangi taraqqiyot yo‘lini birlashtirgan muhim ma’naviy manba sifatida kelgusi avlodlarga munosib meros bo‘lib xizmat qiladi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Прокрутить вверх