
✍🏻O‘lmas Umarbekovning “Yoz yomg‘iri” asari sizni sirli va hayajonli voqealar olamiga chorlaydi.
〰️Qotillik! Rahim Saidovning tinch va barqaror hayotida tub burilish yuz beradi. Mudhish jinoyat uning suyukli rafiqasini hayotdan erta olib ketadi. Ayoli tuprog‘i sovushga ulgurmay, taqdirning navbatdagi zarbalari uni esankiratib qo‘yadi. Jinoyat tekshiruvi esa ayolining uzoq vaqt yashirib kelgan sirlarini ochib beradi.
🔰Aza ochib, qayg‘usiga botib o‘tirishi kerak bo‘lgan Rahim Saidov endi yechimsiz jumboqlar ortidan iz topishga majbur. Kim biladi, agar fojia yuz bermaganida, u ayolini o‘zi o‘ylagandek to‘kis bila olarmidi? Mazkur jumboqlar uni qanday kutilmagan voqealarga yetaklar ekan?
📚Asarning ilk sahifasiyoq kitobxonni o‘ziga ipsiz bog‘lab oladi.
📖Kitobxonlarni Rahim Saidovning sarguzashtlariga oshno bo‘lishga taklif etamiz!
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling: