📚 “Kitob o‘qishga vaqtim yo‘q!”

file 25

✔️ Ammo serial ko‘rishga, ijtimoiy tarmoqlarda soatlab aylanishga va foydasiz gaplarga doim vaqt topiladi. Demak, muammo vaqt yo‘qligida emas — muammo vaqtni qayerga sarflayotganimizda.

↪️ Bir sahifa kitob seni yaxshilaydi.

↪️ Bir soat reels tomosha qilish esa miyangni zaharlaydi.

📖 Kitob hayotingda yangi deraza ochadi.

📱 Sen esa ekran ortiga tikilishni afzal ko‘rasan.

Keyin “men o‘zgarmayapman”, “qo‘limdan kelmayapti” deysan.

Axir qanday o‘zgarasan, agar miyang har kuni bir xil, bo‘sh “ovqat” bilan oziqlanayotgan bo‘lsa?

📚 Kitob seni yolg‘iz qoldirmaydi.

U seni charchatmaydi.

U sendan hech narsa talab qilmaydi — faqat och va o‘qi.

Lekin sen baribir: “Ertaga boshlayman”, deysan.

Bilasanmi, “ertaga boshlayman” deydiganlar kimlar?

❗️Hech qachon boshlamaydiganlar.

👉 Bugun och. Bugun o‘qi. Bugun o‘zingni o‘zgartir.

Telegram|Facebook|InstagramYouTube|Twitter

Прокрутить вверх