🌸 Zulfiya — “Bahor keldi seni so‘roqlab”
XX asr o‘zbek she’riyatining zabardast vakillaridan biri, atoqli shoira va davlat arbobi Zulfiya Isroilova ijodi bugungi o‘quvchilar uchun ham yaqin va qadrlidir. Maktab darsliklaridan yaxshi tanish bo‘lgan shoiraning Vatan, muhabbat, vafo, sadoqat va ezgulik tuyg‘ulariga yo‘g‘rilgan she’rlari ko‘plab kitobxonlar qalbidan joy olgan.
📖 “Bahor keldi seni so‘roqlab” she’rlar to‘plami Zulfiya tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab nashrga tayyorlangan. Ushbu kitobdan shoiraning ijodidagi eng sara, mazmunan chuqur va qalbga yaqin she’rlar o‘rin olgan.
✨ Aziz kitobxonlar!
Mazkur she’riy to‘plamni mutolaa qilib, nafis tuyg‘ular va badiiy go‘zallik olamidan bahramand bo‘lishingizga ishonamiz.
📍 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi sizlarni ushbu kitobni o‘qishga taklif etadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
