📖 Ustozga ehtirom

Muallim, maʼrifat, maʼnaviyat, mutolaa… Bu so‘zlar doimo uyg‘un jaranglaydi.
Adabiyotimizda ustozlarga ehtiromni ifodalovchi ta’sirli asarlardan biri — “Darsdan so‘ng” she’ridir.

Unda chekka ovulda ishlaydigan muallimaning fidoyiligi tasvirlanadi. Bir kuni u uyiga qaytayotganda qashqir ta’qib qiladi. Muallima jondor olovdan qo‘rqishini bilib, qo‘lidagi daftarlarni bittalab yoqib yo‘lida davom etadi. Ammo fojiadan qutulib qololmaydi…

Muallimaning azasida esa aynan uy vazifasini topshirmagan yetti o‘quvchi hammadan ko‘proq yig‘laydi.

…Sen yoʻl boʻyi yoqib, tashlab ketaver,
Qashqirlar qoʻrquvchi kitoblarimni.

🕊 Shu she’r ta’sirida Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumani Bo‘ston shaharchasida “Ustozga ehtirom” monumenti bunyod etilgan.

📚 Ustoz — hayotimizdagi eng ulug‘ yo‘l ko‘rsatuvchidir.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх