🌿 “Har kuning Navro‘zdek bo‘lsin” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi

🗓 Joriy yilning 19-mart kuni Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Har kuning Navro‘zdek bo‘lsin” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

📖 Ko‘rgazmadan joy olgan adabiyotlar orqali kitobxonlar Navro‘z bayramining boy tarixi, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz hamda bahor faslining go‘zalligi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

🌱 Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlariga manzur kitoblarni tanlab, mutolaa qilishga chorlandi.

✨ Mazkur ko‘rgazma kitobxonlar qalbida milliy an’analarimizga hurmat va kitobga bo‘lgan mehrni yanada oshirishga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх