🎉 Yangi maskan muborak!

🏛Yunusobod tuman axborot-kutubxona markaziga yangi bino ajratilgani munosabati bilan Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari jamoani samimiy tabriklaymiz.

Mazkur quvonchli voqea yuzasidan tashkil etilgan tantanali ochilish marosimida Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi direktori N.X.Shadiyeva ham ishtirok etib, o‘zining ezgu tilaklarini bildirdi.

Ishonamizki, yangi bino axborot-kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish, kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazi jamoasiga kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Shu bilan birga, barchamizga o‘z faoliyatimizni yanada samarali tashkil etish uchun zamonaviy bino va munosib sharoitlar nasib etishini tilab qolamiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|

(Без текста)

Прокрутить вверх