2026-yil 13-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli tadbirda Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi direktori N.X. Shadiyeva ham ishtirok etdi.
✨ Tadbir davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Dilnoza Azizova, “O‘zbekiston” nashriyoti bosh muharriri Muhiddin Omonov, Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi rahbari Xurliman Jumamurotova hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva so‘zga chiqib, haftalikning dolzarbligi, uning mazmun-mohiyati va yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni haqida fikr bildirdilar.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
