O‘zbek adabiyotining nozikta’b va samimiy ovoz sohibasi, qalblarga mehr va sadoqat tuyg‘ularini singdirgan shoira Oydin Hojiyeva 1942-yil 22-aprelda tavallud topgan.
Uning ijodida ona mehri, ayol qalbining nafis kechinmalari, vafodorlik va insoniylik g‘oyalari chuqur aks etadi. Shoira nafaqat she’rlari, balki tarjimalari orqali ham jahon adabiyotini o‘zbek kitobxoniga yaqinlashtirdi.
📖 “Shabnam”, “Manzillar”, “Tarovat”, “Najot”, “Ko‘zimning oqu qarosi” kabi ko‘plab to‘plamlari kitobxonlar qalbidan joy olgan.
🏅 O‘zbekiston xalq shoiri unvoni va “El-yurt hurmati” ordeni sohibasi bo‘lgan adiba milliy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan.
🌿 Bugun biz uning yorqin xotirasi va boy ijodini hurmat bilan yod etamiz.
#OydinHojiyeva #TavalludKuni #O‘zbekAdabiyoti #Xotira
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
