Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targʻib qilish hamda aholining kitobga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida navbatdagi xayrli loyiha amalga oshirildi.
Tumandagi "Belariq" mahalla kutubxonasida “Koʻchma kutubxona” tashkil etildi!
✨ Bu nima beradi?
Endi mahalla ahli, ayniqsa yoshlar va nuroniylarimiz oʻzlariga yaqin hududning oʻzida:
🌟 Eng sara badiiy adabiyotlar;
🧐 Qiziqarli va zamonaviy asarlar;
📖 Maʼnaviy-maʼrifiy kitoblar dunyosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Maqsadimiz bitta: Kitobni har bir xonadonga, har bir koʻngilga yaqinlashtirish! Mutolaa madaniyatini yuksaltirish yoʻlidagi bunday tadbirlar tumanimiz boʻylab davom etadi.
(Без текста)



