​“Koʻchma kutubxona” — mutolaa maskani endi sizning manzilingizda!

Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targʻib qilish hamda aholining kitobga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida navbatdagi xayrli loyiha amalga oshirildi.
​Tumandagi "Belariq" mahalla kutubxonasida “Koʻchma kutubxona” tashkil etildi!

​✨ Bu nima beradi?

​Endi mahalla ahli, ayniqsa yoshlar va nuroniylarimiz oʻzlariga yaqin hududning oʻzida:
​🌟 Eng sara badiiy adabiyotlar;
​🧐 Qiziqarli va zamonaviy asarlar;
​📖 Maʼnaviy-maʼrifiy kitoblar dunyosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

​Maqsadimiz bitta: Kitobni har bir xonadonga, har bir koʻngilga yaqinlashtirish! Mutolaa madaniyatini yuksaltirish yoʻlidagi bunday tadbirlar tumanimiz boʻylab davom etadi.

(Без текста)

Прокрутить вверх