
📖 Habibulla Qodiriy — «Otam haqida»
Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodini yanada yaqindan bilishni istagan kitobxonlar uchun ushbu asar haqiqiy ma’naviy xazinadir.
«Otam haqida» — taniqli yozuvchi va shifokor Habibulla Qodiriy qalamiga mansub xotira-qissa bo‘lib, unda buyuk adib Abdulla Qodiriyning hayot yo‘li, ijodiy faoliyati, insoniy fazilatlari hamda fojeali taqdiri samimiy xotiralar orqali yoritiladi.
📚 Asarda:
🔹 Abdulla Qodiriyning bolalik va yoshlik yillari; 🔹 Asarlarining yaratilish tarixi;
🔹 Zamondosh adib va olimlar bilan do‘stona munosabatlari;
🔹 Oilaviy hayoti va mehribon ota sifatidagi siymosi;
🔹 Qatag‘on davridagi og‘ir sinovlari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan.
✨ Ushbu kitob nafaqat buyuk adibning hayotini, balki o‘sha davr muhitini, millat taqdiri va ma’rifat yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan ziyolilar hayotini chuqurroq anglash imkonini beradi.
📍 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi sizni ushbu mazmunli asarni mutolaa qilishga chorlaydi!