
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasining 59-son buyrugʻi asosida iyun–avgust oylarida har payshanba «Yoshlar kuni» doirasida Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida «Yosh tadbirkorlar — kelajak bunyodkorlari» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
💬 Tadbir davomida yoshlar bilan tadbirkorlikning ahamiyati, biznesni yoʻlga qoʻyishning ilk bosqichlari, innovatsion gʻoyalarni amalga oshirish hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.
📖 Davra suhbati ishtirokchilarni tashabbuskor, izlanuvchan va mehnatsevar boʻlishga undab, kelajakda muvaffaqiyatli tadbirkor boʻlish uchun zarur bilim va koʻnikmalarni egallashga qiziqishini oshirdi.
✨ Yoshlarning bilim va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash — kelajak taraqqiyotining muhim omilidir.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter


