💚 Doʻstlaring boʻlsin!
Bir kam dunyo. Sen ham bir banda,
Mayli, kamu koʻstlaring boʻlsin.
Lekin koʻrganda shod, koʻrmaganda,
Sogʻinguvchi doʻstlaring boʻlsin.
Ularga dil toʻla himmating,
Mehr toʻla koʻzlaring boʻlsin.
Qaydasan, deb buzib xilvating,
Bosib kelar doʻstlaring boʻlsin.
Sevin, ular tegsa joningga,
Ishdan qoʻysa, kul, yayra, kuldir.
Kelmay qoʻysa birov yoningga,
Dunyo oxir boʻlgani shuldir.
✍️ Erkin Vohidov
🌿 Chin doʻstlik — ishonch, mehr va sadoqat timsolidir. Xalqaro doʻstlik kuni barchamizni mehr-oqibatni qadrlashga, doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlashga chorlaydi.
📚 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi barcha yurtdoshlarni ushbu qutlugʻ sana bilan muborakbod etadi!
#XalqaroDoʻstlikKuni #30Iyul #Doʻstlik #ErkinVohidov #YakkasaroyTAKM #Mutolaa
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
