Bugun oʻzbek adabiyotining zabardast namoyandalaridan biri, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov tavallud topgan kun.
🖋 Oʻtkir Hoshimov 1941-yil 5-avgust kuni Toshkent shahrining Doʻmbirobod mahallasida tavallud topgan. U Oʻzbekiston Davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olgan. Faoliyati davomida turli gazeta va jurnallar tahririyatlari hamda nashriyotlarda samarali mehnat qilgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qilgan.
🏅 1991-yilda unga "Oʻzbekiston xalq yozuvchisi" faxriy unvoni berilgan.
📖 Adibning ijodi xalq qalbidan chuqur joy olgan. Dastlabki asarlari — "Poʻlat chavandoz", "Choʻl havosi", "Odamlar nima derkin", "Qalbingga quloq sol" kitoblari kitobxonlar e'tiborini qozongan bo‘lsa, "Bahor qaytmaydi" va "Dunyoning ishlari" qissalari unga katta shuhrat olib keldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
