📚 MUTOLAA UCHUN TAVSIYA

✨ Mey Mask — “Rejali ayol. Baxtli hayot qoidalari”
Ayol bo‘lish — sinovmi yoki imkoniyat? Mey Maskning hayot yo‘li bu savolga o‘ziga xos javob beradi.
Mashhur milliarder Ilon Maskning onasi, model va dietolog Mey Mask ushbu memuarida o‘zining murakkab, ammo mazmunli hayoti, boshidan kechirgan sinovlari va erishgan muvaffaqiyatlari haqida hikoya qiladi.
📖 Asarni mutolaa qilar ekansiz, Mey Maskning mustaqilligi, jasorati va qat’iyatiga guvoh bo‘lasiz. U o‘zining boy hayotiy tajribasi asosida go‘zallik, sog‘lik, baxt, kasbiy rivojlanish va farzand tarbiyasi borasidagi qarashlarini o‘quvchi bilan baham ko‘radi.
💫 Bu kitob nafaqat ayollar, balki hayotida yangi imkoniyatlar izlayotgan har bir inson uchun ilhom manbai bo‘la oladi. Mey Maskning hikoyasi bizni erkin yashashga, qo‘rqmasdan yangilik sari intilishga va hayotdagi to‘siqlarni yengib o‘tishga undaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх