📚 MUTOLAA UCHUN TAVSIYA

🔎 Jumboq, jinoyat va kutilmagan burilishlarga boy asar!

Oddiy bir qishloqda ketma-ket sodir bo‘layotgan kutilmagan falokatlar qonun posbonlarining e’tiborini tortadi. Jinoyatlarni tergov qilish jarayonida esa tobora yangi dalillar, sirli jumboqlar va dahshatli haqiqatlar yuzaga chiqadi.
Bir guruh nafsi buzuq kimsalarning og‘ir jinoyatli biznesi ko‘plab begunoh insonlarning hayotiga zomin bo‘ladi.
📖 “Fotima va Zuhra” — voqealar rivoji, sirli syujet va kutilmagan burilishlari bilan kitobxonni o‘ziga rom etadigan asar. Uning kompozitsion qurilishi jahon detektiv romanlaridan aslo qolishmaydi.
Asarni mutolaa qilar ekansiz, o‘zbek adabiyotida bunday qiziqarli va ta’sirchan syujet yaratilganiga tahsin aytasiz. ✨

💭 Siz ham jumboqlar yechimini qahramonlar bilan birga izlashga tayyormisiz? Unda “Fotima va Zuhra” asarini mutolaa qiling!

📚 Yaxshi kitob — yaxshi tafakkur manbai!

#Mutolaa #KitobTavsiyasi #FotimaVaZuhra #Mustaqillik35 #Kitobxonlik #YakkasaroyTAKM

Прокрутить вверх