Assalomu alaykum, aziz kitobxonlar, muhtaram ustozlar va qadrli o‘quvchilar!

​Sizlarni yangi o‘quv yili hamda Bilimlar kuni bilan Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazimiz jamoasi va o‘z nomimdan chin qalbimdan muborakbod etaman!

​Bilim va kitob — insonni yuksak marralarga yetaklaydigan beqiyos kuchdir. Yangi o‘quv yilida barcha o‘quvchi va yoshlarimizga ulkan zafarlar tilayman. Ilm egallash va dunyoqarashingizni boyitishda kutubxonamiz har doim sizga ishonchli hamroh bo‘lishga tayyor.

​Yosh avlodga ma’rifat ulashayotgan muhtaram ustoz va murabbiylarimizga esa sharafli mehnatida kuch-g‘ayrat tilayman.

​Yangi o‘quv yili barchamiz uchun omadli va muvaffaqiyatli bo‘lsin!

​Hurmat bilan,
Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi direktori
Naima Shadiyeva

Прокрутить вверх