“Bolalar — kelajagimiz poydevori” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida “Bolalar — kelajagimiz poydevori” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmadan bolalarning ma’naviy-axloqiy kamoloti, ilm-fanga qiziqishini oshirish, Vatanga muhabbat, ezgulik va do‘stlik tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiluvchi badiiy hamda ma’rifiy adabiyotlar o‘rin oldi.
Mazkur ko‘rgazma yosh kitobxonlarni mutolaaga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobga bo‘lgan mehrini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
🌟 Farzandlarimizning baxtli bolaligi, yorqin kelajagi va komil inson bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida kitob eng yaqin hamrohdir!

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

(Без текста)

Прокрутить вверх