🇨🇦 Ernest Seton-Tompson (1860–1946) — kanadalik yozuvchi, rassom-animalist, tabiatshunos va jamoat arbobi, skautlar harakati asoschilaridan biri.
📅 1860-yil 14-avgustda Angliyaning Saut-Shilds shahrida tug‘ilgan. 6 yoshida oilasi bilan Kanadaning Toronto shahriga ko‘chib kelgan.
✍️ Adib tabiat va hayvonot olamini chuqur kuzatib, o‘z asarlarida jonivorlarning hayoti, xarakteri va inson bilan munosabatlarini mahorat bilan tasvirlagan.
🌿 Seton-Tompson ijodi yosh kitobxonlarni tabiatni sevishga, hayvonot olamiga mehr va e’tibor bilan qarashga undaydi.
🇺🇿 Adibning bir qator asarlari o‘zbek tiliga atoqli yozuvchimiz To‘g‘ay Murod tomonidan tarjima qilingan.
⚰️ Ernest Seton-Tompson 1946-yil 23-oktabrda AQSHning Nyu-Meksiko shtati Santa-Fe shahrida 86 yoshida vafot etgan.
📚 Tabiatni sevgan inson uning hikoyalarini ham sevib o‘qiydi!
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
