⚡️ VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazigaO‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetining TING-2508 guruhi 1-bosqich talabalari tashrif buyurishdi.
Ekskursiya davomida talabalar:
📖 Kutubxonamizning boy kitob fondi va noyob adabiyotlar bilan tanishdilar;
💻 Zamonaviy axborot-resurs imkoniyatlari hamda elektron kutubxonadan foydalanish tartibini o‘rgandilar;
🤫 Mutolaa zallaridagi sharoitlar va kitobxonlar uchun yaratilgan qulayliklarni ko‘zdan kechirdilar.
"Tarjimon uchun kitob nafaqat bilim manbai, balki so‘z boyligini oshiruvchi asosiy vositadir. Bunday ekskursiyalar talabalarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishi shubhasiz."
Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va kutubxonaga a’zo bo‘lish istagini bildirdilar.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
(Без текста)





