2026-yil 14-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Abdulla Qodiriyning nabirasi Sherkon Qodiriy hamda Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi xodimlari ishtirokida “Ilm-ma’rifat va erkinlik – jadidlar orzusi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi direktori N.X.Shadiyeva ham faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida adib ijodini targ‘ib qilish, uning hayoti, qatag‘on davridagi murakkab taqdiri hamda o‘zbek adabiyotidagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
(Без текста)


