“Mustaqillik – yoshlar kelajagining mustahkam poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

📚 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida “Yoshlar kuni” loyihasi doirasida “Mustaqillik – yoshlar kelajagining mustahkam poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🇺🇿 Tadbir davomida mustaqillikning xalqimiz hayotidagi o‘rni, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning huquq va erkinliklari hamda Vatan ravnaqidagi mas’uliyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Ishtirokchilar mustaqillik-nafaqat bebaho ne’mat, balki yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, o‘z iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun mustahkam zamin ekanini ta’kidladilar.
✨ Shuningdek, yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, kitobxonlik va faol fuqarolik pozitsiyasi ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📖 Mazmunli muloqot va samimiy fikr almashuv ruhida o‘tgan davra suhbati yoshlar uchun yanada katta maqsadlar sari intilish, bilim va tafakkurini rivojlantirishga xizmat qildi.

(Без текста)

Прокрутить вверх