“MUTOLAA UCHUN TAVSIYA”

📖 To‘lepbergen Qaipbergenov
“Ko‘z qorachig‘i” romani

Taniqli qoraqalpoq yozuvchisi To‘lepbergen Qaipbergenovning “Ko‘z qorachig‘i” romani bugungi kunning dolzarb voqealarini yoritishi bilan ajralib turadi. Asar qishloq xo‘jaligidagi muhim masalalarni ko‘tarib chiqib, jamiyat hayotidagi muammolarni badiiy talqin etadi.

Yozuvchi hayotni sinchkovlik bilan kuzatib, undagi muhim ijtimoiy muammolarni chuqur his qiladi va ularni asar voqealari davomida kitobxon bilan birga muhokama qilgandek tasvirlaydi.

Roman qahramonlarini Orol dengizi taqdiri tashvishga soladi. Ular jamiyatdagi ayrim illatlar — qing‘ir yo‘llar bilan reja bajarish, shuhratparastlik kabi qusurlarni bartaraf etish yo‘llarini izlaydilar.

📚 “Ko‘z qorachig‘i” romani insonni halollik, vijdon va mas’uliyatga chorlovchi, chuqur ijtimoiy mazmunga ega asardir.

✨ Mutolaa-tafakkurni boyitadi, insonni kamolga yetaklaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt/Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх