VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi qoshidagi "Tafakkur o‘chog‘i" klubi a’zolari ishtirokida navbatdagi "Bir kun-bir asar" loyihasi o‘tkazildi. Davra suhbati markazida o‘zbek adabiyotining cho‘qqisi, mutafakkir shoir Alisher Navoiyning o‘lmas "Xamsa" asari bo‘ldi.
✨ Tadbir davomida:
"Xamsa"ning besh dostonidagi insonparvarlik, ishq va adolat g‘oyalari tahlil qilindi;
Navoiy asarlarining bugungi kunda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr almashildi;
Klub a’zolari tomonidan dostonlardan namunalar o‘qilib, asar qahramonlarining o‘ziga xos xususiyatlari muhokama etildi.
"Kitob-tafakkur chirog‘i, ma’rifat manbayidir. "Xamsa" kabi durdonalar esa insonni komillik sari yetaklovchi eng yorqin mayoqdir."
Kitobxonlik haftaligi doirasidagi uchrashuvlarimiz davom etadi.
Biz bilan bo‘ling va mutolaa zavqini birga suring! 📖✨
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
(Без текста)





