🗣Xabar qilganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Baxtiyor Islomov Yakkasaroy tumanida oʻrganish ishlarini olib bormoqda.
🗣Navbatdagi tashrif doirasida Oliy sud raisi Yakkasaroy tuman Axborot-kutubxona markazida boʻlib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
📎 Tashrif davomida kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitob fondi, zamonaviy xizmatlar hamda aholining, ayniqsa yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan ishlar atroflicha koʻzdan kechirildi.
📎 Taʼkidlanishicha, tumanda joylashgan 21 ta mahallada kutubxonalar tashkil etilgan boʻlib, ular hudud aholisi uchun muhim maʼnaviy-maʼrifiy maskan vazifasini bajarmoqda.
👉 Shuningdek, axborot-kutubxona markazi tumandagi 15 ta umumtaʼlim maktabi, 3 ta akademik litsey, 1 ta kollej, 21 ta mahalla hamda 8 ta oliy taʼlim muassasalari bilan uzviy hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.
👍 Mazkur hamkorliklar orqali yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib etish, ularning bilim va tafakkurini boyitishga qaratilgan turli loyihalar samarali amalga oshirilmoqda.
✍ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
(Без текста)









