Xotira — millatning ma’naviy boyligi, qadrlash esa har bir avlodning muqaddas burchidir.

Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi hamda 160-son umumta’lim maktabi hamkorligida 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front ortida mashaqqatli mehnat qilgan insonlar xotirasi yod etilib, ularning jasorati va fidoyiligi haqida so‘z yuritildi. O‘quvchilarga tinchlikning qadri, Vatanga muhabbat va ajdodlarga hurmat tuyg‘ularini singdirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan she’rlar, sahna ko‘rinishlari hamda vatanparvarlik ruhidagi chiqishlar namoyish etildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

(Без текста)

Прокрутить вверх