Yakkasaroy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari Belariq MFYda Sanoat Qurilish Banki ko‘magida tashkil etilgan mahalla kutubxonasiga metodik yordam ko‘rsatishdi.
Amalga oshirilgan ishlar:
• Fondni tartibga solish: Kitoblar UDK tizimi bo‘yicha joylashtirildi, elektron katalog yuritish bo‘yicha tavsiyalar berildi
• Xizmat ko‘rsatish: Kitobxonlar bilan ishlash, o‘quvchilarni jalb qilishning zamonaviy usullari tushuntirildi
• Tadbirlar rejasi: “Kitobxon oila”, “Eng faol kitobxon” tanlovlari va adabiy kechalarni o‘tkazish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar taqdim etildi
• Kasbiy ko‘mak: Kutubxonachi uchun ish hujjatlarini yuritish, hisobot topshirish tartibi ko‘rsatildi
SQBi tashabbusi bilan ochilgan ushbu mahalla kutubxonasi endi tuman TAKM bilan hamkorlikda aholi, ayniqsa yoshlar uchun bilim maskaniga aylanadi.
Bizning maqsad: Har bir mahallada kitob hidli, zamonaviy kutubxona bo‘lishi va yoshlarni mutolaaga oshno etish.
(Без текста)








