(Без текста)
🇺🇿 O‘zbekiston xalq yozuvchisi, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi Odil Yoqubov tavalludining 100 yilligi arafasida ulug‘ adibning 17 jilddan iborat tanlangan asarlari nashrdan chiqdi.
📖 Mazkur to‘plamdan yozuvchining kitobxonlar qalbidan chuqur joy olgan quyidagi asarlari o‘rin olgan:
🔹 “Ulug‘bek xazinasi”
🔹 “Oq qushlar, oppoq qushlar”
🔹 “Ko‘hna dunyo”
🔹 “Diyonat”
🔹 “Er boshiga ish tushsa”
🔹 “Ikki muhabbat”
🔹 “Izlayman”
🔹 “Onaizor”
🔹 “Qaydasan, Moriko”
🔹 “Adolat manzili”
🔹 “Bir feleton qissasi”
🔹 “Qanot juft bo‘ladi”
🔹 “Muqaddas”
🔹 “Matluba”
🔹 “Billur qandillar”
🔹 “Muzqaymoq”
🔹 “Ota izidan”
📚 Kitoblar “INFO KAPITAL BOOKS” nashriyoti tomonidan lotin va kirill yozuvlarida jami 10 000 nusxada chop etildi.
✨ Odil Yoqubov ijodi — milliy adabiyotimizning bebaho xazinasi. Uning asarlarida insoniylik, vijdon, adolat va ma’naviy qadriyatlar yuksak badiiy mahorat bilan tarannum etiladi.
