📚 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 160-sonli umumta’lim maktabining “Quyoshjon” yozgi oromgohida kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida kitob ko‘rgazmasi hamda davra suhbati tashkil etildi.
✨ Tadbir davomida bolalar va o‘quvchilar uchun qiziqarli badiiy adabiyotlar namoyish etilib, mutolaaning ahamiyati, kitobning inson ma’naviyati va tafakkurini boyitishdagi o‘rni haqida suhbat olib borildi.
📖 Yosh kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, mutolaa yuzasidan fikr almashdilar.
🌿 Bunday ma’rifiy tadbirlar yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
#YakkasaroyTAKM #Kitobxonlik #QuyoshjonOromgohi #KitobKoʻrgazmasi #DavraSuhbati #Mutolaa
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
(Без текста)



