🌸 “Muqaddas ayol” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi tumandagi 160-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida “Muqaddas ayol” nomli bayram tadbirini tashkil etdi.
🌷 Tadbir davomida ayolning jamiyat va oiladagi o‘rni, onalarga, opa-singillarga bo‘lgan hurmat va ehtirom haqida so‘z yuritildi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan she’rlar, sahna ko‘rinishlari hamda kuy-qo‘shiqlar bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
📚 Tadbir davomida kitobxonlik, ma’naviyat va milliy qadriyatlar haqida ham suhbatlar o‘tkazilib, ayol siymosining muqaddasligi alohida ta’kidlandi.
✨ Mazkur tadbir yoshlar qalbida ayollarga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlash, ularni e’zozlash va qadrlash g‘oyalarini targ‘ib qilishga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

(Без текста)

Прокрутить вверх