🌿 SHUKRULLO — INSONIYLIK VA EZGULIK KUYCHISI

Bugun, 2-sentyabr — O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Shukrullo Yusupov tavallud topgan kun.
✍️ Shukrullo 1921-yil 2-sentyabrda Toshkent shahrining Olmazor mahallasida ziyoli oilada dunyoga kelgan. U pedagogika bilim yurti hamda Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutida tahsil olgan.
Shoirning “Birinchi daftar”, “Qalb qo‘shiqlari”, “Hayot ilhomlari”, “Inson va yaxshilik”, “Inson — inson uchun”, “Zarralar”, “Suyanchiq”, “Yashagim keladi”, “Sening baxting”, “To‘kilgan dardlarim” kabi she’riy to‘plamlari o‘zbek adabiyotining qimmatli namunalaridan hisoblanadi.

🌱 Shukrullo ijodining asosiy mezoni — inson va uning qalbi. Shoir lirik she’rlarida sevgi va vafo, mehr-oqibat, ezgulik va insoniylik kabi yuksak qadriyatlarni tarannum etdi.
📖 Uning ijodi bugun ham kitobxonni yaxshilikka, mehrga va hayotning qadriga yetishga chorlaydi.

Shukrullo nomi va ijodiy merosi o‘zbek adabiyoti xazinasida mangu yashaydi.

Прокрутить вверх