📖 Adabiyot maskaniga sayohat: o‘quvchilar uchun unutilmas ekskursiya

🏛Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi 91-maktab o‘quvchilari uchun adib Abdulla Qahhor uy-muzeyiga mazmunli ekskursiya tashkil etildi.

📋Ekskursiya davomida o‘quvchilar o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Abdulla Qahhor hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishdilar. Muzeyda saqlanayotgan noyob eksponatlar, adibning shaxsiy buyumlari, qo‘lyozmalari va asarlari yoshlarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi.

✍Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodda kitobxonlik madaniyatini oshirish, milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda ularni boy ma’naviy merosimiz bilan tanishtirishdan iboratdir.

📚 Bunday ma’rifiy ekskursiyalar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va ularni barkamol inson bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

(Без текста)

Прокрутить вверх