Abdulla Qodiriy 1894-yilda Toshkent shahrida tug‘ilib, o‘z davridayoq adabiyotimizga yangi nafas olib kirgan ulkan siymolardan biridir. Uning “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Obid ketmon” kabi asarlari milliy adabiyotimiz xazinasidan munosib o‘rin egallagan.
✨ Qardosh xalqlar adiblari ham uni ustoz sifatida e’tirof etganlar. Bugungi kunda ham uning ijodi nafaqat yurtimizda, balki xorijiy olimlar tomonidan ham chuqur o‘rganilmoqda.
Afsuski, 1937–1938-yillardagi qatag‘onlar davrida u “xalq dushmani” sifatida qatl etildi. Ammo adib nomi va merosi xalq qalbida abadiy yashab qoladi.
📖 Abdulla Qodiriy ijodi – bu millat ruhini, tarixini va insoniy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan bebaho merosdir.
🕊 Uning asarlarini o‘qish – o‘tmishni anglash, bugunni his etish va kelajakni anglash demakdir.
📲 Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo‘ling!
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
