Bugun antiutopiya janrining yirik namoyandasi, britaniyalik yozuvchi, jurnalist va adabiy tanqidchi Jorj Oruell hamda Belarus xalq shoiri, Belarus Fanlar Akademiyasi akademigi Petrus Brovka tavallud topgan kun hisoblanadi.
🖋 Jorj Oruell o‘zining mashhur antiutopik asarlari — 1984 va Molxona orqali dunyo adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan bo‘lsa, Petrus Brovka she’riyati va adabiy merosi bilan Belarus madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ijodkor sifatida e’tirof etiladi.
📖 Ularning boy ijodiy merosi bugungi kunda ham kitobxonlarni fikrlashga, mushohada yuritishga va insoniyat taqdiri haqida chuqur o‘ylashga undab kelmoqda.
🏛 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi barcha kitobsevarlarni ushbu adiblarning asarlari bilan yaqindan tanishishga chorlaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
