👨👩👧👦 Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida 🏛 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida maktab o‘quvchilari ishtirokida O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
📖 Suhbat davomida asarda aks etgan ona mehri, farzandlik burchi, oilaviy qadriyatlar, mehr-oqibat va insoniylik fazilatlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. O‘quvchilar asar qahramonlari taqdiri orqali onaning beqiyos mehri va oilaning inson hayotidagi o‘rni haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
💐 Ona — dunyodagi eng ulug‘ zot! Uning mehrini qadrlash, ota-onani e’zozlash va oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash har birimizning muqaddas burchimizdir.
📚 Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlod qalbida kitobxonlik madaniyati, mehr-oqibat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.
Biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
(Без текста)




