📚 “Kitob – ma’naviyat manbai” — yoshlar bilan uchrashuv va kitobxonlik targ‘iboti

📖59-sonli buyruq asosida iyun–avgust oylarida har payshanba kuni o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 91-maktabning “Yulduzlar” oromgohi o‘quvchilari ishtirokida “Kitob – ma’naviyat manbai” nomli kitob ko‘rgazmasi hamda targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan badiiy hamda ma’rifiy adabiyotlar namoyish etilib, mutolaaning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va kitobga mehr uyg‘otish masalalari haqida suhbatlar o‘tkazildi.
✨ Yosh kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, mutolaa olamiga yana bir qadam yaqinlashdilar.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

(Без текста)

Прокрутить вверх