🏛Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumandagi 319-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi.
📖 So‘rov jarayonida o‘quvchilarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi, qaysi turdagi adabiyotlarni ko‘proq mutolaa qilishlari hamda kutubxona xizmatlaridan foydalanish darajasi o‘rganildi.
📚 Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan tuman axborot-kutubxonamarkazini fondini boyitish maqsadida yangi kitoblar uchun buyurtmalar ham qabul qilindi. Ularning qiziqishlari va takliflari asosida kelgusida yangi adabiyotlar bilan TAKM fondini boyitish rejalashtirilmoqda.
✨ Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kitobxonlar fikrini o‘rganish hamda kutubxona xizmatlarini yanada takomillashtirishdan iborat.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
(Без текста)






