✨ Buyuk yozuvchi, o‘zbek milliy romanchiligining asoschisi va iste’dodli dramaturg Abdulla Qodiriy tavalludiga bag‘ishlab “Meni hamon o‘qirlar, unutmaslar” nomli kitob ko‘rgazmasi yo‘lga qo‘yildi.
📖 Ko‘rgazmada adibning bebaho asarlari, uning hayoti va ijodiga oid manbalar, ilmiy-adabiy nashrlar hamda turli davrlarda chop etilgan kitoblari o‘rin olgan. Ushbu ko‘rgazma kitobxonlarni Abdulla Qodiriy merosini yanada chuqurroq o‘rganishga chorlaydi.
🌿 Tadbir davomida tashrif buyuruvchilar adibning boy ijodiy merosi, uning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishmoqda.
📍 Barchangizni ushbu ko‘rgazmaga taklif etamiz! Keling, buyuk adib merosini birgalikda o‘rganaylik va qadrlaylik!
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
(Без текста)

