📖 “Bilish illyuziyasi” — soxta bilim tuzog‘i!
Kitobdagi so‘zlarni tanish ularni o‘zlashtirganingizni anglatmaydi. Kitobni yopganingizda o‘qiganlaringizni eslay olmasangiz, demak, bilimni mustahkamlash ustida ishlash kerak.
🎯 Yechim — FAOL ESLASH USULI!
✅ 1. O‘qing — bir paragrafni diqqat bilan o‘qing.
✅ 2. Yoping — asosiy mazmunini o‘z so‘zlaringiz bilan ayting yoki yozing.
✅ 3. Tekshiring — kitobni ochib, nimalarni eslaganingizni solishtiring.
💡 Unutmang: samarali mutolaa — shunchaki o‘qish emas, balki o‘qiganingizni tushunish va eslab qolishdir!
😉 Xo‘sh, ushbu postning asosiy mazmunini telefonga qaramasdan ayta olasizmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
