
🌟 Ma’rifatga baxshida umr
🏛Yakkasaroy tumani axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Azizxon Po‘latovich Qayumov tavalludining 110 yilligi munosabati bilan bibliografik eslatmani taqdim etadi.
💡 Eslatmada nimalar o‘rin olgan?
Olimning boy hayot yo‘li va ilmiy faoliyati;
U yaratgan «Qo‘qon adabiy muhiti», «Alisher Navoiy» kabi fundamental asarlar sharhi;
O‘zbek ilm-fani rivojiga qo‘shgan ulkan hissasining e’tirofi.
«Kitob — inson ma’naviyatining ko‘zgusi, u bilan sirlashgan kishi hech qachon kam bo‘lmaydi.» ✍🏻 Azizxon Qayumov.
O‘zbek madaniyati va fanining yirik arbobi xotirasi qalblarimizda mangu yashaydi. U kishi qoldirgan boy ilmiy meros bugungi yosh avlod uchun haqiqiy ma’rifat manbaidir.
Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatishda davom eting: