📚 2-aprel — Xalqaro bolalar kitoblari kuniga ekskursiya

🏛Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida ushbu sana munosabati bilan kitobxonlar uchun mazmunli ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida tashrif buyuruvchilar kutubxona faoliyati, mavjud adabiyotlar fondi, bolalar uchun mo‘ljallangan kitoblar hamda zamonaviy xizmatlar bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, kichik kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar va qiziqarli kitoblar katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — bolalarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni kitobga mehr qo‘yishga undashdan iborat bo‘ldi.
📖 Siz ham farzandlaringiz bilan kutubxonamizga tashrif buyuring!

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Telegram|Facebook|InstagramYouTube|Twitter

Прокрутить вверх