📚 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida adabiyot ixlosmandlari uchun yana bir muhim ma’naviy tadbir tashkil etildi.

✨ Buyuk yozuvchi, o‘zbek milliy romanchiligining asoschisi va iste’dodli dramaturg Abdulla Qodiriy tavalludiga bag‘ishlab “Meni hamon o‘qirlar, unutmaslar” nomli kitob ko‘rgazmasi yo‘lga qo‘yildi.

📖 Ko‘rgazmada adibning bebaho asarlari, uning hayoti va ijodiga oid manbalar, ilmiy-adabiy nashrlar hamda turli davrlarda chop etilgan kitoblari o‘rin olgan. Ushbu ko‘rgazma kitobxonlarni Abdulla Qodiriy merosini yanada chuqurroq o‘rganishga chorlaydi.

🌿 Tadbir davomida tashrif buyuruvchilar adibning boy ijodiy merosi, uning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishmoqda.

📍 Barchangizni ushbu ko‘rgazmaga taklif etamiz! Keling, buyuk adib merosini birgalikda o‘rganaylik va qadrlaylik!

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

(Без текста)

Прокрутить вверх