YOSHLAR KUNI «BELARIQ»DA QANDAY OʻTDI?

📋59-buyrugʻi ijrosini taʼminlash hamda iyun-avgust oylarida oʻtkazilayotgan “Yoshlar kuni” haftaliklari doirasida navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

​📌 Yakkasaroy TAKM xodimlari tomonidan tumandagi “Belariq” mahalla kutubxonasida yoshlar uchun “Yosh fermerlarni qoʻllab-quvvatlash kuni” mavzusida davra suhbati hamda yangi adabiyotlar koʻrgazmasi tashkil etildi.

​💡 Tadbirda nimalar boʻldi?

​🗣 Muloqot: Mahalladagi tashabbuskor va shijoatli yoshlar bilan sohaga oid yangi bilim va imkoniyatlar atroflicha muhokama qilindi.

​📖 Kitoblar koʻrgazmasi: TAKM xodimlari tomonidan qishloq xoʻjaligi, biznes, tadbirkorlik va shaxsiy rivojlanishga oid eng soʻnggi chop etilgan kitoblar koʻrgazmasi namoyish etildi.

​💬 Fikr almashinuvi: Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar.

​Yoshlarimizning kitobga boʻlgan qiziqishi hamda mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshishga boʻlgan intilishi bizni doimo quvontiradi!

(Без текста)

Прокрутить вверх