📋59-buyrugʻi ijrosini taʼminlash hamda iyun-avgust oylarida oʻtkazilayotgan “Yoshlar kuni” haftaliklari doirasida navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
📌 Yakkasaroy TAKM xodimlari tomonidan tumandagi “Belariq” mahalla kutubxonasida yoshlar uchun “Yosh fermerlarni qoʻllab-quvvatlash kuni” mavzusida davra suhbati hamda yangi adabiyotlar koʻrgazmasi tashkil etildi.
💡 Tadbirda nimalar boʻldi?
🗣 Muloqot: Mahalladagi tashabbuskor va shijoatli yoshlar bilan sohaga oid yangi bilim va imkoniyatlar atroflicha muhokama qilindi.
📖 Kitoblar koʻrgazmasi: TAKM xodimlari tomonidan qishloq xoʻjaligi, biznes, tadbirkorlik va shaxsiy rivojlanishga oid eng soʻnggi chop etilgan kitoblar koʻrgazmasi namoyish etildi.
💬 Fikr almashinuvi: Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Yoshlarimizning kitobga boʻlgan qiziqishi hamda mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshishga boʻlgan intilishi bizni doimo quvontiradi!
(Без текста)






